Ukrainadagi 2 579 nafar vatandoshimiz yurtimizga qaytarildi — TIV
2022-yilning 3-4-mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 720 nafar Oʻzbekiston fuqarosi olib kelindi.
Shunday qilib, 4-mart holatiga koʻra, umumiy hisobda 11 ta aviareys bilan 2 579 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
Katovitse aeroportidan uchta qoʻshimcha parvoz kutilmoqda: bugun soat 14:30 va 16:00 da hamda 5-mart soat 03:00 da.
Polsha hududida mamlakatimizning 1 480 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 700 nafari Polsha davlat chegarasidagi toʻplanish nuqtasiga, 780 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
Mutaxassislarning fikricha, Oʻzbekiston oʻz fuqarolarini jangovar harakatlar zonasidan olib chiqish boʻyicha tezkor ishlarni yoʻlga qoʻygan sanoqli davlatlar safiga kirdi. Barcha qaytarish reyslari bepul amalga oshirilmoqda.
Polshadagi Oʻzbekiston Elchixonasining maʼlumotlariga koʻra, Katovitse aeroporti bugungi kunda odamlar bilan toʻlgan. Diplomatlarimizning saʼy-harakatlari natijasida Oʻzbekiston fuqarolari sharoitlar yaratilgan, shu jumladan ular issiq ovqat bilan taʼminlangan.
Shahar maʼmuriyati tomonidan aeroport binosiga kirish va yoʻlovchilarni roʻyxatga olish uchun soddalashtirilgan tizimni ishga tushirilgan. Jamoat tartibi politsiya va mahalliy koʻngillilar tomonidan nazorat qilinmoqda. Bolali ayollar va keksalar uchun maxsus koridor tashkil etilgan. Barcha fuqarolarga oldindan tayyorlangan roʻyxatlar asosida xizmat koʻrsatilmoqda.
Fuqarolarning Vatanimizga tezroq qaytish istagini anglagan holda barcha yurtdoshlarimizdan xotirjamlikni saqlashlari, vahimaga berilamasliklari, provokatsiyalar va ziddiyatli vaziyatlarga uchmasliklarini soʻraymiz. Ishontirib aytamizki, barcha fuqarolar mamlakatimizga qaytariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring