Ukraina Rossiyaning Gʻarb yoʻlidagi bir qadam, xolos — Germaniya razvedka xizmati rahbari

Foto: AP
Ukraina Rossiyaning Gʻarb yoʻlidagi bir qadam, xolos. Ushbu fikrlarni Germaniya Federal razvedka xizmati rahbari lavozimini tark etayotgan Bruno Kal aytib oʻtdi. Uning fikricha Rossiya Ukrainani NATO mamlakatlariga hujum qilish yoʻlidagi oraliq bosqich sifatida koʻrmoqda.
“Biz mutlaqo aminmiz va bizda razvedka maʼlumotlariga ega boʻlgan dalillarimiz bor, Ukraina Rossiyaning Gʻarb yoʻlidagi bir qadamdir”, — dedi u.
Kalning soʻzlariga koʻra, Kremlda NATO aʼzolaridan biriga hujum uyushtirilsa, reaksiyaga kirishishiga ishonmaydiganlar ham bor.
“Ular endi NATOning beshinchi moddasi ishlayotganiga ishonmaydilar. Va ular buni sinab koʻrmoqchi. Ular NATOni 1990-yillar oxiridagi holatga qaytarmoqchi. Ular AQSHni Yevropadan haydab chiqarmoqchi va bunga erishish uchun har qanday vositalardan foydalanadi”, — deya qoʻshimcha qildi nemis razvedkasi rahbari.
Kalning fikricha, Rossiya “ruszabon aholini himoya qilish” bahonasida Boltiqboʻyi davlatlarini qoʻzgʻatishga urinishi mumkin. 2014-yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilganida aynan shunday boʻlgan edi. Shu bilan birga, Kal hozir Moskva bilan muzokaralar maʼnosiz ekaniga ishonchi komilligini bildirdi.
“Jiddiylik — bu urushning oldini olishning eng kam qonli usuli. Putin bu muammoni hal qilishda oʻzining agressiv yondashuvi haqidagi fikrini oʻzgartirganining zarracha alomati yoʻq”, — deya xulosa qiladi Kal.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring