Ukraina nashrlari Oʻzbekistonda noyob metallarni qazib olish boʻyicha 76 ta loyiha amalga oshirilishi haqida yozmoqda
Ukraina nashrlari Oʻzbekistonda noyob metallarni qazib olish boʻyicha 76 ta loyiha amalga oshirilishi haqida yozmoqda Ukrainaning “Open4business” va “Fixygen” elektron nashrlarida “Oʻzbekiston noyob metallarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha 2,6 milliard AQSh dollarlik loyihalarni amalga oshiradi” sarlavhali maqolalar rus, ukrain, ingliz, nemis va ispan tillarida eʼlon qilindi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda Oʻzbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, germaniy, grafit, vanadiy hamda titan kabi 30 dan ortiq sanoat uchun muhim minerallar mavjud.
“Oʻzbekiston Prezidenti sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini kengaytirish va qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi”, – deb yozilgan Ukraina nashrlarida.
Qoʻshimcha qilinishicha, kelgusi uch yilda 28 ta noyob mineral boʻyicha 2,6 milliard dollarlik 76 ta loyihani amalga oshirish moʻljallanmoqda. Buning uchun xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida geologiya-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlariga qoʻshimcha mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, eng asosiy vazifa – zamonaviy texnologiyalarni qoʻllab, qimmat xomashyoni rudadan ajratib olish, sofligini oshirish va yuqori qiymatli mahsulotlar yaratish ekanligi alohida taʼkidlab oʻtilgan.
“Masalan,«Ingichka” konidagi volfram konsentrati boyitilsa, qoʻshilgan qiymat 2 karra oshadi. Hozircha shu kabi 18 ta loyiha ishlab chiqilgan», – deyiladi elektron nashr xabarida.
Bundan tashqari, sohada “xomashyo – qayta ishlash – ilm va texnologiya – tayyor mahsulot” zanjirini kengaytirish maqsadida molibden va volframga boy Toshkent va Samarqand viloyatlarida texnoparklar tashkil qilish taklifi ham bildirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring