UFC Ramazon Temirovni 1 yilga diskvalifikatsiya qildi
Jangovar sportlar antidoping tashkiloti oʻzbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Ramazon Temirovni antidoping qoidalarini buzgani uchun UFCʼdan bir yilga diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda promoushenning rasmiy saytida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, Ramazon Temirovda trimetazidin – yurak yetishmovchiligi va boshqa yurak kasalliklarida qoʻllaniladigan, UFC tomonidan taqiqlangan moddalar roʻyxatidagi gormonal va metabolik modulyatorlar sinfiga mansub dori vositasi aniqlangan.
Taqiqlangan modda mavjud boʻlgan namuna Temirovdan shu yilning 12-iyun kuni Tailandning Pxuket shahridagi musobaqadan tashqari davrda, keyin esa 4-iyulda aynan Pxuketda qayta namuna olingan. Ramazon Temirov 12-iyundan 4-iyul kuni topshirgan testi ijobiy chiqqani haqida xabardor qilinmagani sababli, ikkala holat ham UFC ADP qoidalari boʻyicha bitta qoidabuzarlik sifatida koʻriladi.
Ramazon Temirov Jangovar sportlar antidoping tashkiloti bilan batafsil suhbat oʻtkazib, trimetazidindan foydalanganini tan olgan. U dori vositasidan foydalanishdan avval uning taqiqlangan statusini tekshirmagan va shifokoriga oʻzi doping nazorati ostidagi sportchi ekanini aytmagan boʻlsada, ushbu dori shifokor tomonidan tibbiy sabab bilan yozib berilganini va cheklangan muddat davomida qabul qilinganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilgan. Shu sababli taqiqlangan moddadan foydalanish sezilarli darajada natijasini oshirishga sabab boʻlmagan. Bu esa jazoni yumshatgan.
Antidoping qoidalariga muvofiq, oʻzbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Ramazon Temirov 2026-yil 5-iyuldan soʻng oktagonga qaytishi mumkin boʻladi. Maʼlumot uchun, Ramazon Temirov shu vaqtga qadar UFCʼda ikkita jang oʻtkazib, ikkalasida ham gʻalaba qozongan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring