UFC 313 turniri koʻpchilik taxmin qilgan natija bilan yakunlandi
Foto: Getty images
Bugun, 9-mart kuni AQSHning Nevada shtati UFC 313 turniriga mezbonlik qildi. Kechaning markaziy jangida yarim ogʻir vazn toifasining eng zoʻr jangchisi, yangi chempioni nomi maʼlum boʻldi.
Unda rossiyalik Muhammad Ankalayev hamda braziliyalik Aleks Pereyra oʻzaro kardga chiqdi. Amaldagi chempion Pereyra va daʼvogar Ankalayev oʻrtasidagi jang toʻliq 5 raund davom etdi.
Bazasi kurash boʻlgan rossiyalik sportchi toʻqnashuvdan oldingi onlayn janglarda vaʼda qilganidek, barcha raundlarda tik oyoqda harakat qildi. U hatto oʻzini hindular avlodidan deb biladigan raqibini bir bor nokdaun holatiga ham tushirib qoʻydi, faqat ishini yakunlashiga biroz vaqt yetmadi.
Hakamlar rossiyalik Muhammad Ankalayevning jang davomidagi faol harakatlarini yuqori baholadi va yakunda uni yarim ogʻir vazn toifasida UFC chempioni deb topdi.
Taʼkidlash kerakki, janglar oqshomi doirasidagi ikkinchi asosiy bahsda amerikalik Jastin Getji va Ozarbayjon vakili Rafael Fiziyev oʻzaro jang olib bordi. Ushbu toʻqnashuv revansh maqomida oʻtdi va unda Getji Fiziev ustidan hakamlar qarori bilan gʻalaba qozondi.
Maʼlumot uchun, ular oʻrtasidagi birinchi jang 2023-yil 18-martda Londondagi “O2 Arena”da boʻlib oʻtgandi. Oʻshanda ham Getji hakamlar qarori bilan gʻalabaga erishgan edi.
Shuni ham aytish joiz, Getji dastlab Den Xukerga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq Xuker jarohati tufayli jang oʻtkazilmaydigan boʻldi. Qasos oʻtida yonayotgan Fiziyev jangga 10 kun vaqt qolganda “vizov”ni qabul qildi va afsuski ikkinchi bor magʻlubiyat alamini his qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring