UEFA Chempionlar ligasida yangi rekord oʻrnatildi
“Arsenal” jamoasi yosh futbolchisi Maks Dovman UEFA Chempionlar ligasida maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi. Bu haqda UEFAning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.
Maʼlumot uchun, kecha Chempionlar ligasining 4-turidan oʻrin olgan uchrashuvda “Arsenal” Chexiyada “Slaviya Praga” ustidan 3:0 hisobida ishonchli gʻalaba qozondi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta Leandro Trossard oʻrniga Maks Dovmanni maydonga tushirdi. Shunday qilib, Dovman 15 yosh 308 kunligida musobaqada debyut qildi va turnir tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.
Qayd etish joiz, undan avvalgi rekord “Borussiya Dortmund” forvardi Yussufa Mukokoga tegishli edi. U Chempionlar ligasida 16 yosh 18 kunligida debyut qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring