Uchtepalik yoshlar koreys tilini ham oʻrganishadi
Norin tumanining Uchtepa mahallasida yashovchi Jahongir Toʻxtasinov bundan ikki yil avval Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi DongSo universitetini biznes menejer yoʻnalishi boʻyicha tugallab kelgan edi. U oʻzi yashagan mahalla yoshlari qiziqishlaridan kelib kelib chiqib hududda til oʻrgatish markazini tashkil qildi.
- Bugungi kun yoshlarining jahon tillarini oʻrganishga ishtiyoqi baland, -deydi loyiha tashabbuskori. – Oilaviy korxona shaklida tashkil qilgan markazimizda 70 nafardan koʻproq mahalladoshimizga turmush oʻrtogʻim, ingliz tili mutaxassisi Gavharoy bilan birgalikda xorijiy tildan saboq beryapmiz. Tinglovchilarimizning koʻpchiligi IELTS sertifikatini olishga ham ulgurdi. Endilikda bu yerda boshqa xorijiy tillar, jumladan, koreyschani oʻrgatishni ham yoʻlga qoʻyish niyatidamiz.
J. Toʻhtasinov navbatdagi maqsadini amalga oshirishda “Koʻmak” loyihasi doirasida ajratiladigan 130 million soʻm miqdoridagi moliyaviy koʻmakdan foydalanishni koʻzda tutgan. Uning ijrosi bilan markaz uchun yangi zamonaviy bino barpo etilib, til oʻrganuvchilar uchun moʻljallangan oʻrinlar soni uch yuztadan oshiriladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring