Uchquduqda umumiy maydoni 10 gektarga teng sunʼiy koʻl barpo etilmoqda

18:54 17 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
2345 0
Illyustrativ foto

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Temur Eshboyev/Navoiy. Mamlakatimiz rahbarining joriy yil mart oyidagi Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida Uchquduq tumani aholisi uchun ommaviy dam olish maskani qurish vazifasi belgilangan edi.

Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Uchquduq shahri hududida sunʼiy koʻl majmuasini barpo etish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi.

Unga koʻra, umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadigan, loyiha qiymati 13 milliard soʻmlik dam olish maskani barpo qilinadi. Dam olish maskanining sunʼiy koʻlida katamaran va qayiqlarda sayr qilish bilan birga turli suv sporti marafonlarini oʻtkazish ham mumkin boʻladi. Koʻl sohilidagi istirohat bogʻida esa musiqali favvora, ovqatlanish shoxobchalari, voleybol oʻyingohi, tennis maydonchasi bunyod etilishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?