Uchquduqda uyning 5-qavati devorida derazani ushlab turib qolgan bolakay qutqarildi (Video)
Shimoliy kon boshqarmasi 6-Harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismining xizmatchilari 9-oktyabr kuni Uchquduqda sodir boʻlgan favqulodda vaziyatda 8 yoshli bolani qutqarishdi.
Shu kuni Uchquduq shahrida yashovchi 2-sinf oʻquvchisi Temur Muxtorov uyda yolgʻiz qolib, 5-qavatda joylashgan xonadon devorining raxida deraza romidan ushlagancha turib qolgan. Oʻz kuchi bilan vaziyatdan chiqish harakati kutilmagan asoratlar bilan tahdidli edi.
Shu bois bolakayning otasi 6-Harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismidan yordam soʻraydi. Qismning yongʻin oʻchirish boʻlinmasi xodimlari manzilga tezda yetib kelib, ishgʻol qilish narvoni yordamida bolakayni qutqarishdi. Bola va uning ota-onasi asablarining taranglashganligini inobatga olmaganda, favqulodda holat asoratsiz bartaraf etildi. Biroq bu har doim shunday boʻlaveradi, deganimiz emas.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring