Uch viloyatda narkosavdogarlar qoʻlga olindi
Surxondaryo, Samarqand va Namangan viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanuvchilar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shoʻrchi tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unga koʻra, fuqarolar X.J. va A.R. fuqaro M.X.ga “gashish” giyohvandlik vositasini 12,5 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida ulardan 28,74 gramm giyohvandlik vositasi va “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unda Telegram messenjerida kanal-bot tashkil etgan shaxslar kuchli taʼsir qiluvchi, psixotrop va giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelib, fuqaroga tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan 0,9 gramm “SK White” nomli vositani 1,1 million soʻmga sotishga kelishib, pulni boshqa bir fuqaroning nomiga ochilgan plastik kartaga oʻtkazib olib, giyohvandlik vositasini Toshkent shahridagi Janubiy temir yoʻl vokzali yonidagi qurilishi bitmagan bino yoniga koʻmib qoʻyganliklari maʼlum boʻlgan.
Bundan tashqari, Chortoq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.N. “Doʻstlik” MFY hududiga 1,75 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini oʻtkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring