Uch nafar oʻzbekistonlik bokschi WBA reytingida birinchi pogʻonada qayd etildi

12:43 05 Iyun 2024 Sport
266 0

Arxiv foto

WBA (Butunjahon boks assotsiatsiyasi)ning may oyi yakunlariga koʻra yangilangan reytingi eʼlon qilindi.

Unda 3 nafar oʻzbekistonlik bokschi oʻz vazn toifalarida birinchi oʻrinda qayd etilgan boʻlsa, yana biri nafari chempion sifatida koʻrsatildi. Umumiy reytingdan 8 bokschimiz oʻrin olgan.

Jumladan, Hasanboy Doʻsmatov (minimal vazn), Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) va Shahram Gʻiyosov (yarimoʻrta vazn) boʻyicha oʻz vazn toifalarida eng yuqori pogʻonani band etgan.

Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) va Bektemir Meliqoʻziyev (super oʻrta vazn) oʻz yoʻnalishida bir xil 4-oʻrinda qayd etilgan. Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) va Botir Ahmedov (super yengil vazn) reytingda kuchli oʻnlikni yakunlab bergan.

Isroil Madrimov esa super yarim oʻrta vaznda chempion hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер