Uch hududda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan muqaddam sudlangan fuqaro Sh.I. 4 ming AQSH dollarini fuqaro Q.Sh.ga 49,4 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan R.S. 4 ming AQSH dollarini fuqaro Sh.Q.ga 50 million soʻmga sotishini aytib, shundan 2 ming AQSH dollarini bergan vaqtida ushlangan. Ashyoviy dalil sifatida olingan pullardan 100 AQSH dollari qalbaki ekani aniqlangan.
Bundan tashqari, departamentning Toʻrtkoʻl tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro R.K. va U.M. fuqaro M.X.dan 2 ming AQSH dollari va 150 ming Rossiya rublini 45,8 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring