Uch hududda qariyb 656 million soʻmlik “svet” va “zangori yoqilgʻi” oʻgʻirlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi deb xabar bermoqda, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “M.Z.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari “Nogʻoyqoʻrgʻon” MFY hududidagi yer maydonida suv nasosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 259 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh boʻlgan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Buxoro shahri boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida ham aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, “Z.” oilaviy korxonasi rahbari X.I. “Gʻijduvoniy” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida oʻrnatilgan gaz hisoblagich uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatib, 255,8 million soʻmlik tabiiy gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Bundan tashqari, departamentning Qoʻshtepa tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.Y.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari elektr hisoblagich uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatib, 141 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring