Uch hududda psixotrop moddalar savdosi toʻxtatib qolindi
Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan D.X. fuqaroga 63 dona “Regapen” nomli xorijda ishlab chiqarilgan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 500 AQSH dollariga sotgan vaqtda ushlangan va undan jami 83 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Zangiota tuman boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro Sh.Yu. fuqaroga 5 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shuningdek, Departamentning Marhamat tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan D.U. 3 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 700 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.
Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro D.U.ga dori yetkazib beruvchi shaxs M.U. 27 dona kapsuladagi «Regapen« nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan fosh qilingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
- Abdulaziz Komilov Boku forumida Yevroosiyoning yangi transport-logistika xaritasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surdi
- Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring