Uch hududda psixotrop dori vositalari savdosining oldi olindi
Respublikaning uchta hududida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Sharof Rashidov tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.X. xorijda ishlab chiqarilgan 10 quti “Omnadren-250” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 2,6 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.K. fuqaro A.A.ga 13 dona “Regapen” va 2 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 1,5 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 17 dona “Regapen” va 4 dona “Tropikamid” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Toshloq tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.J. fuqaro Z.M.ga 10 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1,2 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring