“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi
Arxiv foto
Germaniyaning “Bavariya” klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.
“Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik”, deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi “Beijing Guoan” futbol klubi.
Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada “RC Alkobendas”ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan. Baxtsiz hodisadan soʻng futbolchi Xitoyga olib ketilgan, biroq uni saqlab qolishning iloji boʻlmagan. Shifokorlar uning miyasiga kislorod yetib bormayotgani tufayli klinik oʻlim qayd etishgan.
Szyasyuanning qarindoshlari Pekin futbol federatsiyasini voqeani toʻgʻri oʻrganmaganlikda ayblab, aniqlik kiritishni talab qilishdi. “Beijing Guoan” oʻyindan olingan videoyozuvlarni allaqachon qabul qilib, tahlil qilish uchun ekspertlarga topshirganini xabar qildi.
Szyasyuan 20-mart kuni 19 yoshga toʻlishi kerak edi. Uning akasi futbolchining oq-qora suratini joylab, “U doim 18 yoshda qoladi”, deb yozgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring