Turkmaniston prezidenti bilan uchrashuv
2019-yilning 16-avgust kuni vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuahamedov tomonidan qabul qilindi.
Vazir birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining muvaffaqiyatli oʻtgani munosabati bilan Turkmaniston Prezidenti va birodar xalqiga Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning otashin salomi va samimiy tabriklarini yetkazdi. Mazkur forumda Oʻzbekiston Bosh vaziri rahbarligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Muloqot chogʻida ikki tomon kun tartibining asosiy masalalari, koʻp qirrali Oʻzbekiston-Turkmaniston aloqalarini yana rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, ikki mamlakat rahbarlarining qatʼiy siyosiy irodasi sabab Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashuvi kuzatilmoqda. Birinchi yarim yillik yakunlariga koʻra savdo aylanmasi 257 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,8 marta koʻp hisoblanadi.
Suhbat davomida BMT, MDH, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi hamda boshqa global va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi aloqalarga doir masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring