Turkiyalik model va inflyuyenser Ayshegul Eraslan uyida oʻlik holda topildi

11:23 17 Mart 2026 Dunyo
132 0

Istanbulning Kogʻitxona tumanida yashovchi taniqli model va ijtimoiy tarmoqlar yulduzi Ayshegul Eraslanning jasadi oʻz xonadonidan topildi. Qiz bilan bogʻlana olmagan yaqinlari politsiyaga xabar bergan va uyga kirilganda uning hayotdan koʻz yumgani aniqlangan.

Voqea joyidan qon izlari boʻlgan qoʻlyozma xat topilgan. Unda model: “Men juda yaxshi inson edim. Hech kimga yomonlik qilmadim. Baʼzi narsalarni yenga olmayapman... Itlarimga yaxshi qarang. Otamdan uzr soʻrayman, bu hayotda na ona, na ota mehrini koʻrdim, faqat zoʻravonlik ichida oʻsdim”, — deb yozgan.

Biroq modelning yaqin doʻsti Semix Palanji ushbu versiyaga shubha bildirmoqda. Palanjining taʼkidlashicha, xatdagi yozuv Ayshegulning dastxatiga mutlaqo oʻxshamaydi. Marhumaning boʻynida boʻgʻilish va bilaklarida kesilish izlari borligi aytilmoqda. Tergov davomida model oʻlimidan bir soat oldin uning uyiga “Yeraltı” seriali aktyori Sunay Kurtulush kelib ketgani aniqlangan. Aktyor allaqachon koʻrsatma bergan va oʻzining bu voqeaga aloqasi yoʻqligini taʼkidlagan.

Ayshegul Eraslan Turkiyaning eng mashhur moda loyihalaridan biri — “İşte Benim Stilim” shousidagi ishtiroki bilan tanilgan edi. U nafaqat model, balki iqtidorli moda dizayneri va bloger sifatida ham katta auditoriyaga ega edi.

Hozirda Istanbul politsiyasi va prokuraturasi voqea yuzasidan keng qamrovli tergov olib bormoqda. Bu oʻz-oʻzini oʻldirishmi yoki puxta rejalashtirilgan qotillik — sud-tibbiy ekspertizasi xulosalaridan soʻng maʼlum boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер