Turkiya 2028-yilda sayyohlar soni boʻyicha dunyoda kuchli uchlikka kirishni va yiliga 100 milliard dollar daromad olishni moʻljallamoqda

13:28 21 Fevral 2024 Dunyo
393 0

Arxiv surat

Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy 2028-yilda mamlakat sayyohlar soni boʻyicha dunyoda kuchli uchlikka kirishi va yiliga 100 milliard dollar daromad olishi maqsad qilingani bildirdi.

Vazir Alanya Savdo-sanoat palatasida boʻlib oʻtgan Turizm va mehmonxona boshqaruvchilari bilan Sektor baholash yigʻilishida oʻtgan yil 56,7 million ziyoratchi va 54,3 milliard dollar bilan Turkiya turizm sektori tarixidagi eng yaxshi koʻrsatkichlarga erishilganini maʼlum qildi. Bu yutuqda Antaliya va Alanyaning ulishi katta ekanligini ifoda etgan vazir Antaliya oʻtgan yili 16 million sayyohni qabul qilib, eng yuqori daromad olganini bildirdi.

Ersoyning taʼkidlashicha, mamlakat 2024-yilda 60 million ziyoratchi va 60 milliard dollarni maqsad qilgan. Antaliyaga keladigan turistlar sonining 17,5 millionga yetishini kutilyapti.

“Birgalikda harakat qilib, bu maqsadlarga erishamiz”, deydi vazir.

Uning qoʻshicha qilishicha, ushbu maqsadlarga erishish uchun koʻplab tadbirlarni parallel ravishda amalga oshirish va koʻp harakatlarni oldindan koʻrish va hal qila olish kerak, dunyoda turizm sohasida yetakchi boʻlish uchun oʻrta hamda uzoq muddatli loyihalarni tayyorlab, ularni puxta amalga oshirish zarur.

Uning qayd etishicha, mamlakat 2022-yilda pandemiyani yaxshi boshqara olgani sababli, dunyodagi eng koʻp sayyohlar soni boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

“Bizga yetishmayotgan asosiy narsa targʻibot edi. 2019-yilda Turizmni rivojlantirish agentligi bilan buni yoʻlga qoʻydik. Turkiya hozirda dunyodagi eng yaxshi va eng koʻp targʻib qilinayotgan turizm mamlakatidir. Buni natijalarini ham koʻrdik. Bosqichma-bosqich tezlik bilan yuqoriga koʻtarildik. 2022-yilda pandemiyani yaxshi boshqara olganimiz uchun dunyoda eng koʻp sayyohlar soni boʻyicha toʻrtinchi oʻringa chiqdik. Endi bu yil, umid qilamanki, biz beshinchi oʻrnimizni saqlab qolamiz. Maqsadimiz bu yerda qolish emas. 2028-yilga kelib uchinchi oʻringa chiqish. Bizning daromad maqsadimiz ham juda katta. 2028-yilda 100 milliard dollarlik maqsadimiz bor. Oʻylaymanki, bunga barcha rejalarni bosqichma-bosqich, oʻz vaqtida va oʻz joyida amalga oshirish orqali erishamiz”, deydi vazir 2018-yilda belgilagan oʻrta va uzoq muddatli “yoʻl xaritasi”da belgilangan maqsadlarga yaqinlashayotganini izohlab.

Ersoy maqsad qoʻyish oson, natijani koʻrish yoqimli ekanini taʼkidlab, bu oʻz-oʻzidan boʻlmasligini, tizimli va dasturlashtirilgan tarzda ishlash orqali erishilishini taʼkidladi. Vazirlik sifatida tozalash inshootlari va jamoat plyajlari loyihalarini ham amalga oshirilganini bildirgan vazir, soʻnggi 5-yil ichida Antaliyada ikkita tozalash inshooti va 15 jamoat plyajini ochilganini taʼkidladi.

“Oʻtgan mavsumda biz kelayotgan sayyohlar mehmonxonada qolib ketmasligi va hunarmand savdogarlar bilan uchrashishi uchun bir qancha tadqiqotlar tayyorladik. Arxeologiya ishlarini oshirdik. Ilgari 45-60 kunlik qisqa muddatli tadqiqotlar boʻlardi. Endi ular yillar davom etmoqda. Hozirgi kunda 172 ta qazish punktida “Kelajak merosi” loyihasi doirasida 12 oylik qazish ishlari dasturi mavjud. Shu maʼnoda oldimizga juda katta maqsad qoʻyganmiz. Soʻnggi 60-yilda qancha qazish ishlari olib borilgan boʻlsa, kelasi toʻrt yil ichida shuncha amalga oshirishni maqsad qildik. Ilgari bir joyda qazish ishlari boʻlgan boʻlsa, hozir 15 nuqtada qazish ishlari olib boryapmiz. 15-yil ichida qilgan ishni avtomatik tarzda 1-yilga sigʻdira olasiz. Bu oson emas. Siz qazish guruhini jiddiy qoʻllab-quvvatlashingiz kerak. Madaniyat va turizm vazirligi sifatida biz byudjetni aql bovar qilmaydigan darajada oshirdik. Agar oddiy raqam beradigan boʻlsam, biz qazish ishlari byudjetimizni 2019-yildagi 36,7 million liradan oʻtgan yili 1,1 milliardga oshirdik. Bu yilgi raqamni 6 milliard lira deb belgiladik”, deydi Ersoy turizmdagi eng muhim masala bundan shaharning barcha manfaatdor tomonlari foyda koʻrishini taʼkidlagan holda.

Ersoy bu borada yana bir qadam tashlab, tungi muzeylar amaliyotini yoʻlga qoʻyishlarini tushuntirar ekan, qirgʻoqboʻyi hududlarida havo haroratining yuqori boʻlishi sababli, kunduzi plyajlarni afzal koʻrgan dam oluvchilarni kechqurun mehmonxonalaridan muzeylarga yoʻnaltirmoqchi ekanliklarini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер