Turkiy tili davlatlar hamkorlik kengashi davlatlari vakillari uchun Fargʻona viloyati boʻylab maroqli sayohat uyushtirildi

Shu yilning 24-iyun kuni Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining oltinchi yigʻilishiga Turkiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Ozarbayjon kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan delegatsiya aʼzolari uchun bugun Fargʻona viloyati boʻylab sayohat tashkil etildi.
Mehmonlar dastlab ipakchilar shahri Margʻilondagi Hunarmandlar markazida boʻlishdi.Bu yerda qoʻli va qalbi gul chevarlar tomonidan toʻqiladigan milliy hunarmandchilik mahsulotlari barchada unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Ikki qavatli markazda 200 dan ortiq turdagi atlas va adras toʻqish, gilamchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mehmonlar atlas, adras, shoyi, baxmal, beqasam matolar toʻqish jarayonini bevosita kuzatish imkoniga ega boʻlishdi.
Shuningdek, tadbir qatnashchilari Rishton shahridagi xalqaro kulolchilik markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Rishtonlik mashhur kulollar Alisher Nazirov, Sharofiddin Yusupov boshchiligida mehmonlar uchun oddiy loydan moʻjiza – sanʼat asari yaratilishi jarayoni bilan bogʻliq mahorat darslari oʻtkazildi.
— Taassurotlar bir olam, — deydi Vengriya turizm agentligi dastur direktori Marta Fazekas. — Fargʻona tabiati, mehmondoʻst va samimiy insonlari, qoʻli gul hunarmandlari, kulollari mehnatiga tasanno. Yurtingizda turizmni jadal rivojlanishi uchun barcha sharoitlar muhayyo. Ishonamanki, jannatmakon diyor yaqin yillarda dunyo sayyohlik markazlaridan biriga aylanadi.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring