Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar Kengashi 44-Shaxmat olimpiadasida gʻolib boʻlgan oʻzbekistonlik yoshlarni tabriklashdi

10:41 10 Avgust 2022 Siyosat
708 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar Kengashi aʼzolari 44-Shaxmat olimpiadasida gʻolib boʻlgan oʻzbekistonlik yoshlarni tarixiy gʻalaba bilan muborakbod etishdi.

Jumladan, Kengash aʼzolari ushbu olamshumul gʻalaba bilan butun Oʻzbekiston xalqiga tabrik izhor etib, bu tarixiy gʻalaba nafaqat Oʻzbekistonning balki turkiy xalqlarning gʻalabasi ekanligini mamnuniyat bilan taʼkidlashdi.

Yoshlarimiz tomonidan koʻrsatilgan ushbu natija muhtaram Prezidentimizning shaxmatga eʼtibori va gʻamxoʻrligi natijasi, albatta.

Oʻzbekiston xalqini ushbu gʻalaba bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov va Nodirbek Yakubboyev Yangi Oʻzbekistonning yangi tarixini yozayotgan qahramon yoshlarimizdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?