Turk kinolari XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida namoyish etiladi
Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi hamkorlik nafaqat ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda, balki sanʼat va madaniyat hamda kino sohasida ham rivojlanib bormoqda. Jumladan, “Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida turk kinoijodkorlari oʻzlarining bir qator loyihalari bilan ishtirok etishni rejalashtirishgan.
Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxalikov va agentlik xalqaro boʻlimi vakillari Turkiyaning Ordu viloyati millat vakili, Oʻrta osiyo davlatlari koordinatori Metin Gundogdu bilan onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida “Turkiya kinosi kunlari” tashkil etilishi va festival davomida vatanparvarlik, sevgi-muhabbat va chin insoniy tuygʻular aks etgan bir nechta turk badiiy filmlari namoyish etilishi kelishib olindi.
Turkiya kinoijodkorlari tamonidan festivalga taqdim etilgan yangi badiiy filmlar Respublikamiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring