Turizm sohasida xizmat turlari va sifati oshirilmoqda

Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda turizm tarmoqlariga qaratilayotgan yuqori eʼtibor natijasida yurtimizga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy mehmonlar hamda sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlar, turizm infratuzilmasini yana-da rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, turizm tarmoqlari hamda joylashtirish vositalarida xizmat turlarining yaqqol ortishi va yuqori servis salohiyatining yoʻlga qoʻyilganini kuzatish mumkin.
Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” tasdiqlangan. Ushbu Nizom talablariga binoan esa sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish oʻzining samarali natijasini berdi.
Sababi turizm xizmatlarini sertifikatlashtirishning eski tizimi oʻzini oqlamagan boʻlsa, koʻp yillar davomida turizm xizmatlari sifat va xavfsizlik borasidagi standartlarga javob bermasdi. Turizm xizmatlari uzoq davrlardan qolgan va dolzarbligini yoʻqotgan, xalqaro talablarga javob bermaydigan standartlar asosida sertifikatlashtirilar edi.
Bunda Markaz qoshida Turizm xizmatlarini standartlashtirish sohasidagi texnik qoʻmita tashkil etilgan. Hozirgi kungacha ushbu texnik qoʻmita tomonidan xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirilgan 14 ta davlat standarti ishlab chiqilgan boʻlib, soʻnggi yillarda ular asosida sertifikatlashtirilgan joylashtirish vositalarida koʻrsatiladigan xizmatlarning xavfsizligi va sifatini taʼminlash sezilarli darajada oshdi.
Shuningdek, mehmonxona biznesi vakillariga qulaylik yaratish hamda xizmat koʻrsatish sifatini yana-da oshirish maqsadida mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha bazaviy koʻnikmalarni shakllantirishga koʻmak beruvchi joylashtirish vositalari xodimlari uchun matn va audio materiallaridan tashkil topgan mobil ilova ishlab chiqilgan.
Xususan, «housekeeping», «reception» va ofitsiant xizmat turlari boʻyicha maxsus mahorat darsi tarzidagi videoroliklar tayyorlanib, keng jamoatchilik va soha vakillari orasida taqdim qilinib targʻibot olib borilmoqda.
Ayni vaqtda ham Markazda ikkita sertifikatlashtirish organi tashkil etilgan boʻlib, ular tizimli ravishda faoliyat yuritib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring