Andijondagi turizm qishlogʻida osma koʻprik qurilmoqda

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Xoʻjaobod tumanida joylashgan Imom ota qishlogʻi turizmga ixtisoslashgan boʻlib, bu maskanda ziyoratgoh, “Orzu” gʻori va boshqa oʻnga yaqin sayyohlik manzillari mavjud. Togʻ yonbagʻridagi ushbu hududda aksariyat xonadonlar sayyohlarga xizmat koʻrsatish faoliyati bilan mashgʻul. Zero, qishloqqa bir yilda oʻn minglab hamyurtlarimiz keladi. Shu bois yangidan-yangi loyihalar amalga oshirilmoqda, ulardan biri osma koʻprikning barpo etilishidir.
— Turizm qishlogʻida sayohatchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, — deydi tuman hokimi Jamshidbek Bozorboyev. — Savdo rastalari, ovqatlanish shoxobchalari, attraksion, choyxona, masjid, transport xizmati, dala hovli, basseyn kabilar shular jumlasidandir. Yangi qurilayotgan osma koʻprik butun qishloqni kuzatish bilan bir qatorda, oʻzgacha kayfiyat bagʻishlaydi, degan umiddamiz.
45 metr balandlikdagi ushbu koʻprik 300 metr uzunlikda bunyod etilib, undan bir paytning oʻzida 45 nafar sayyoh foydalanishi mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring