Tungi vaqtda musiqa chalish jarimaga sabab boʻladi
Tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligini buzish jarimaga sabab boʻladi. Bu haqda “Lex.uz” xabar berdi.
Qonunchilikka koʻra, tungi vaqtda – soat 23.00 dan 06.00 gacha – fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, yaʼni:
- baland ovoz bilan qoʻshiq aytish;
- musiqa chalish;
- tovush signallari berish;
- xonadonlarda, turar joylarning yoʻlaklari va eshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish;
- turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish
fuqarolarga 90 ming soʻm, mansabdor shaxslarga esa 135 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring