Tuman hokimlarida fermer mahsulotini birjaga qanday olib chiqishi, bu borada kimga murojaat qilishi boʻyicha aniq rejalar bormi — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Prezident raisligida tovar-xom ashyo birjasida savdolarni koʻpaytirish, mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Jizzax, Navoiy, Samarqand va Xorazmda birja savdolari ancha faollashgan. Lekin Sirdaryo, Andijon va Surxondaryodagi korxonalarning birja savdolaridagi ishtiroki pastligicha qolmoqda.
Shu bilan birga, Zangiota 37 turdagi, Karmana 24 turdagi, Dangʻara va Jomboy 17 turdagi mahsulotlarni birjaga chiqargan boʻlsa, Andijon, Nurota, Qiziriq, Boyovut tumanlarida atigi 1 turdagi mahsulot birjaga qoʻyilmoqda.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga mahalliy mahsulotlarni birjaga olib chiqishni tuman darajasiga tushirish boʻyicha tizim yaratish vazifasi qoʻyildi.
«Misol uchun, 1-iyuldan fermer va klasterlar 500 ming tonna gʻallani birja orqali sotishi yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu fermerlar uchun 2 trillion soʻm qoʻshimcha daromad degani.
Lekin, tuman hokimlarida fermer mahsulotini birjaga qanday olib chiqishi, bu borada kimga murojaat qilishi, yaʼni ishni qanday tashkil etishi boʻyicha aniq rejalar bormi? Bu savolga birorta hokimda ijobiy javob yoʻq», dedi Prezident.
Mahalliy mahsulotlarni birjada koʻpaytirish boʻyicha yangi tizim Oʻrtachirchiq tumani misolida tushuntirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring