Sement importi 286,4 ming tonnaga oshgan

12:18 28 Dekabr 2021 Iqtisodiyot
1536 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar — noyabr oylarida xorijdan Oʻzbekistonga qiymati 121,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,5 mln. tonna sement import qilingan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 286,4 ming tonnaga koʻp.

2021-yilning 11 oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

— Qozogʻiston – 1,1 mln. tonna

— Tojikiston – 722,2 ming tonna

— Qirgʻiz R. – 642,5 ming tonna

— Eron – 53,1 ming tonna

— Turkmaniston – 35,6 ming tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер