Triatlon bo‘yicha Osiyo kubogining g‘oliblari aniqlandi
Poytaxtimizda triatlon boʻyichi Osiyo kubogining asosiy yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Sprint yoʻnalishida kechgan musobaqada Marokash va Polsha vakillari gʻalaba qozonishdi. Musobaqa reglamentga koʻra, 750 metrga suzish, 20 km. velopoyga va 5 km. yugurish dasturida oʻtkazildi.
Natijalarga koʻra, ayollar oʻrtasida polshalik Paulina Klimas, erkaklar oʻrtasida esa marokashlik Badr Sivane gʻalaba qozondi. Gʻolib va sovrindorlar roʻyxati quyidagi koʻrinishda boʻldi:
Erkaklar:
1. Badr Sivane (Marokash) – 55:32
2. Matsey Bruzdyak (Polsha) – 55:36
3. Vitali Voronsov (Ukraina) – 55:41
Ayollar:
1. Paulina Klimas (Polsha) – 1:01.16
2. Yeva Daniyels (Lyuksemburg) – 1:01.44
3. Liza Berger (Shveysariya) – 1:01.42
Taqdirlash marosimida Viktor Mahmudov boshchiligidagi Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etib, sovrindorlarni qutlab oʻtishdi.
Qayd etish joiz, bunday musobaqa yurtimizda katta tezlikda rivojlanib borayotgan triatlon sportining yanada ommalashishi yoʻlida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring