Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat transport vazirlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar transport sohasini rivojlanirish yoʻnalishidagi hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan masalalarni muhokama etishdi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov Qirgʻiz Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tekebayev bilan “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish boʻyicha ishlarni faollashtirish bilan bogʻliq jihatlarni koʻrib chiqdi.
Uchrashuvda vazirliklar rahbarlari yangi temir yoʻl yoʻlagi “Yevroosiyo qitʼa koʻprigi”ning janubiy tarmogʻiga aylanishini hamda Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga yoʻl ochishini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring