Trampning navbatdagi nishoni Braziliya boʻladimi?
Braziliya parlamenti deputati Glauber Braga AQSh tomonidan mamlakatga hujum qilinishi xavfini inobatga olishga chaqirdi. U RIA Novostiga bergan izohida Venesuelaga qilingan hujum va prezident Nikolas Maduroning qoʻlga olinishini sharhlar ekan, vaziyatni mintaqaviy xavfsizlik uchun jiddiy tahdid deb atadi.
Braganing taʼkidlashicha, bu masala tirik qolish bilan bogʻliq. “Ular Venesuelaga hujum qildi, endi esa Kolumbiya va Kubaga tahdid qilyapti. Agar Braziliya oʻz kamyob yer resurslarini itoatkorona topshirmasa, navbat Braziliyaga ham kelishi mumkin. Shuning uchun butun dunyo boʻylab kuchli va qatʼiy namoyishlar tashkil etish zarur”, deydi u.
Maʼlumotlarga koʻra, Braziliya dunyodagi eng yirik kamyob yer minerallari zaxiralaridan biriga ega, biroq ular hali yetarlicha oʻrganilmagan va sohani rivojlantirish uchun aniq davlat tizimi mavjud emas. Soʻnggi oylarda prezident Luis Inasiu Lula da Silva sohani tartibga solish boʻyicha qator qadamlar tashlab, mamlakat suvereniteti va mustaqil qaror qabul qilish salohiyatini saqlashga urgʻu bergan.
Siyosatchi Lula hukumatini qoʻllab-quvvatlovchi koalitsiyaga kiruvchi Sotsializm va erkinlik partiyasining (PSOL) eng faol deputatlaridan biri hisoblanadi. U xalqaro hamjamiyatni AQShga nisbatan yanada qatʼiy pozitsiya egallashga chaqirdi hamda sodir boʻlayotgan voqealarni Tramp rahbarligida amalga oshirilayotgan tajovuz sifatida baholadi.
Braga Lulaning Venesuelaga qilingan hujum va Maduro hamda uning rafiqasi Siliya Floresning qoʻlga olinishini qoralagan pozitsiyasini ijobiy baholadi, ammo Braziliya prezidenti xalqaro maydonda yanada faol boʻlishi mumkinligini taʼkidladi. Uning fikricha, Braziliya hukumati Maduro va Siliya Floresni ozod etish talabi bilan global safarbarlikni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylanishi kerak.
Eslatib oʻtamiz, AQSh 3-yanvar kuni Venesuelaga ommaviy zarba bergan va prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores Nyu-Yorkka olib ketilgan edi. AQShda ular “narkoterrorizm”da ayblanmoqda. Karakas BMTning favqulodda yigʻilishini chaqirishni soʻragan, Venesuela Oliy sudi esa vaqtinchalik ravishda davlat rahbarligi vakolatlarini vitse-prezident Delsi Rodrigesga yuklagan. Rossiya, Xitoy va KXDR tashqi ishlar idoralari AQSh harakatlarini xalqaro huquqni buzish deb baholab, Maduro va uning rafiqasini zudlik bilan ozod etishga chaqirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring