Tramp “The New York Times” gazetasini sudga berdi
Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp “The New York Times” gazetasiga tuhmat uchun 15 milliard dollarlik daʼvo qoʻzgʻatdi.
Oq uy rahbari ushbu nashrni “soʻl qanot Demokratik partiyaning ogʻzi” va “mamlakatdagi eng yomon gazetalardan biri” deb atadi. Shu bois u Florida shtatida 15 milliard dollarlik daʼvo qoʻzgʻatganini aytdi.
AQSH prezidenti ayblovlar sifatida oʻziga va oilasiga nisbatan tuhmat va nashrning 2024-yilgi prezidentlik saylovidagi raqibi, oʻsha paytdagi vitse-prezident Kamala Xarrisni ochiq qoʻllab-quvvatlaganini tilga oldi.
Shu yilning avgust oyida Tramp “Fox News” radiosiga bergan intervyusida rafiqasi Melaniya Trampni tuhmatda ayblagani uchun AQSHning sobiq yetakchisi Jo Baydenni oʻgʻli Xanter Baydendan 1 milliard dollar undirish daʼvosini qoʻllab-quvvatlagan edi.
Shu yilning 14-avgust kuni birinchi xonimning advokatlari Xanter Baydenga “yolgʻon” va “tuhmat” ayblovlarini qaytarib olish toʻgʻrisida rasmiy talabnoma yuborishgan edi. Advokatlarning soʻrovida aytilishicha, bu ayblovlar nafaqat yolgʻon, balki Melaniya Trampning obroʻsiga tuzatib boʻlmas ziyon yetkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring