Tramp oʻzining sharafiga harbiy parad oʻtkazadi

13:38 08 Aprel 2025 Dunyo
204 0

Foto: Reuters

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining tugʻilgan kuni — 14-iyunda harbiy parad oʻtkazmoqchi. Ayni shu kuni AQSH quruqlikdagi kuchlarining 250-yilligi ham nishonlanadi.

“Armiya oʻzining 250-yilligini oʻtgan yillarda koʻrilgan imkoniyatlarning sezilarli oʻsishi bilan nishonlashni rejalashtirgan edi. Rejalashtirish oʻtgan yili boshlangan va shundan soʻng tadbir koʻproq boʻlinmalarni qamrab olgan”, — deyiladi manbada.

Qayd etilishicha, Tramp bunday paradni ilk bor 2018-yilda, Bastiliyani olish kuni munosabati bilan Fransiyada oʻtkazilgan tantanalardan hayratda qolganida uyushtirmoqchi boʻlgan. 14-iyunda Oq uy rahbari 79 yoshga toʻladi.

Shu yilning 3-aprel kuni Ikkinchi jahon urushi faxriysi Denver Mur Trampni tugʻilgan kuniga taklif qildi. Faxriy 15-may kuni 104 yoshga toʻladi, ammo bayram tadbiri 17-mayda boʻlib oʻtadi.

Mur oʻz taklifnomasida prezidentlik muddati tugaganidan keyin Trampga yana ovoz berishiga ishonch bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?