Tramp maʼmuriyati mamlakatni ixtiyoriy tark etganlarga 1000 dollardan toʻlamoqchi. AQSHda “ixtiyoriy deportatsiya” dasturi eʼlon qilindi

AQSH Prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati mamlakatda noqonuniy yashayotgan muhojirlar uchun “ixtiyoriy oʻz yurtiga qaytish” (oʻzini oʻzi deportatsiya qilish) dasturini joriy etdi. AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi 5-may kuni ushbu tashabbus haqida rasmiy bayonot berib, dastur orqali noqonuniy migrantlarga vatanga qaytishda moliyaviy va tashkiliy yordam koʻrsatilishini maʼlum qildi.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, AQSHda noqonuniy yashayotgan shaxslar “CBP Home” nomli maxsus mobil ilova orqali oʻz ixtiyori bilan mamlakatni tark etishlari mumkin. Dasturga roʻyxatdan oʻtgan va qaytganligi tasdiqlangan shaxslarga 1000 AQSH dollari miqdorida “stipendiya” toʻlab beriladi. Bu mablagʻ ular vatanga yetib borganidan soʻng ilova orqali oʻtkaziladi.
AQSH Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem bu dasturni “noqonuniy migrantlar uchun hibsga olinmasdan ketishning eng xavfsiz va eng tejamkor usuli” sifatida taqdim etdi. Unga koʻra, bu tashabbus AQSH byudjetining deportatsiyaga sarflanadigan xarajatlarini ham sezilarli darajada qisqartiradi. Hozirda bir nafar migrantni ushlash, saqlash va chiqarib yuborish oʻrtacha 17 ming dollar turadi. Ixtiyoriy deportatsiya esa xarajatni 70 foizgacha kamaytiradi.
Yana bir muhim jihat shundaki, ushbu dasturdan foydalanganlar kelajakda AQSHga qonuniy yoʻl bilan qaytish imkoniyatini saqlab qolishadi. Bu esa dasturni yanada oʻziga xos qiladi. Rasmiylar ixtiyoriy deportatsiya noqonuniy muhojirlar bilan ishlovchi immigratsiya va bojxona xizmatlari yukini yengillashtirishini, shuningdek, jamiyatda xavfsizlikni oshirishini taʼkidlashdi.
Maʼlumki, Donald Tramp 2024-yilgi saylovoldi kampaniyasida noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashishni bosh maqsadlaridan biri sifatida ilgari surgan edi. “The Washington Post” nashrining yozishicha, Tramp maʼmuriyati 2025-yil davomida bir million migrantni AQSHdan chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi dastur ana shu rejani amalga oshirishda muhim vosita boʻlishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring