“Tramp ham aytadi, ham qaytadi?” — U 75 dan ortiq davlatga nisbatan tariflarni toʻxtatdi

00:24 10 Aprel 2025 Dunyo
355 0

Foto: Reuters

Amerika Qoʻshma Shtatlari 75 dan ortiq mamlakatlar uchun bojxona tariflarini 90 kunga toʻxtatdi. Bu haqda prezident Donald Tramp maʼlum qildi.

“75 dan ortiq davlat AQSH vakillarini savdo, savdo toʻsiqlari, tariflar, valyuta manipulyatsiyasi va monetar boʻlmagan tariflarga oid muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga chaqirganiga asoslanib, men 90 kunlik tanaffus va oʻzaro tariflarni sezilarli darajada past — 10 foizga ruxsat berdim”, — dedi u.

Oq uy rahbarining qoʻshimcha qilishicha, tariflarning toʻxtatilishi zudlik bilan kuchga kiradi.

Manbada aynan qaysi davlatlarga tariflar toʻxtatilgani haqida maʼlumot yoʻq.

Bundan tashqari, Tramp AQSH Xitoyga bojlarni zudlik bilan 125 foizga oshirishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Xitoy “jahon bozorlariga hurmatsizlik” koʻrsatdi.

Shu yilning 2-aprel kuni Tramp 185 mamlakat uchun import tariflarining yangi tizimini joriy qildi. Bazaviy stavka barcha import qilinadigan tovarlar boʻyicha 10 foizni tashkil etdi va alohida mamlakatlar uchun u sezilarli darajada yuqori boʻldi — Xitoy uchun 34, Vyetnam uchun 46 va Yevropa Ittifoqi uchun 20 foiz.

Bunga javoban Xitoy ham Amerika tovarlariga 34 foizlik boj joriy qildi. Butun dunyo yetakchilari Trampning qarorini qoralab, javob choralari bilan tahdid qilishdi.

Shu fonda AQSH fond bozori koronavirus pandemiyasining boshida kuzatilgan darajaga tushib ketdi. AQSH bojlar joriy qilganidan keyin dunyoning eng boy odamlari 208 milliard dollar yoʻqotgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер