Tramp hali ham Ukrainani qoʻllab-quvvatlaydi — NATO bosh kotibi

15:24 22 Yanvar 2026 Dunyo
400 0

NATO bosh kotibi Mark Ryutte AQSH Ukrainani qoʻllab-quvvatlamay qoʻyishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni rad etdi.

Uning soʻzlariga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainani mustaqil va suveren davlat sifatida qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda.

Jurnalistlar Davos shahrida boʻlib oʻtayotgan Jahon iqtisodiy forumida NATO bosh kotibini savolga tutib, Tramp hali ham Ukrainani qoʻllab-quvvatlayaptimi, deb soʻrashdi.

Bunga javoban Mark Ryutte AQSH Ukrainani qoʻllab-quvvatlashiga hech qachon shubha qilmasligini aytgan. Shuningdek u, NATO Ukrainadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ham qoʻshimcha qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?