Tramp 69 davlatga tariflar joriy etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi

16:49 01 Avgust 2025 Dunyo
274 0

Foto: AP

AQSH prezidenti Donald Tramp 69 ta hamkor-mamlakatga tariflar joriy etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Oq uy tomonidan tarqatilgan hujjatga koʻra, ularning stavkasi 10 foizdan 41 foizgacha boʻladi.

“Ushbu hal qiluvchi harakat prezidentning adolatli, muvozanatli va oʻzaro manfaatli savdo munosabatlari orqali AQSHni milliy xavfsizlik va iqtisodiga yot tahdidlardan himoya qilish boʻyicha olib borayotgan saʼy-harakatlarini aks ettiradi”, — deyiladi Oq tarqatgan bayonotda.

Yangi bojlar 7-avgustdan kuchga kiradi, bu roʻyxatdagi mamlakatlarga savdo bitimini tuzish va import stavkalarini oshirishdan qochish uchun vaqt berishi mumkin.

Tramp imzolagan farmonga koʻra, eng yuqori boj — 41 foiz Suriyaga joriy etilgan. Shuningdek, Shveysariyaga 39, Myanma va Laosga 40, Iroq hamda Serbiyaga 35 foiz boj qoʻllaniladi.

Tayvan kabi baʼzi mamlakatlar uchun stavka, aprel oyida Trampning dastlab eʼlon qilgan stavkasiga nisbatan pasaytirildi. Roʻyxatda boʻlmagan sheriklar uchun stavka oʻn foizlik bazaviy stavka boʻlib qoladi.

Trampning savdo tariflari

Oq uyga qaytganidan soʻng Tramp savdo siyosatini qatʼiylashtira boshladi. U Meksika va Kanadadan import qilinadigan tovarlarga tariflarni joriy qildi, Xitoy uchun ularni oshirdi. Poʻlat, alyuminiy va avtomobillarga bojlarni eʼlon qildi. Bu borada kulminatsiya 2-aprelda maʼlum boʻldi. Vashington importga oʻzaro tariflarni oʻrnatdi. Asosiy stavka oʻn foizni tashkil etdi, ammo yuqori tariflar 57 mamlakatga nisbatan qoʻllanildi. Bir hafta oʻtgach, butun jarayon toʻxtatildi va AQSH koʻplab davlatlar bilan muzokaralarni boshladi.

Amerika taʼminotni boshqarish instituti maʼlumotlariga koʻra, bunday savdo siyosati shtatlarda sanoat faolligining pasaytiradi va taʼminot zanjirlarida jiddiy uzilishlarga olib keladi. Korxonalar oʻzlarini omon qolish rejimida topdilar, chunki kompaniyalar oʻsib borayotgan xarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan qoplashga majbur boʻladi.

NBC telekanali nomi oshkor etilmagan yuqori martabali manbaga tayanib xabar berishicha, AQSH moliya va savdo vazirlari obligatsiyalar bozoridagi vaziyatdan vahima tushib, Trampni tariflarni toʻxtatishga undagan. Mahalliy rasmiylar prezident qarori yangi global inqirozni keltirib chiqarishidan xavotir bildirishda davom etmoqda. Ayni paytda Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin, Vyetnam, Pokiston, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Tailand va Kambodja Vashington bilan savdo munosabatlarining yangi shartlari boʻyicha kelishib olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?