Tracker va Onix avtomobillari uchun 25-maydan shartnomalar tuzish boshlanadi — UzAuto Motors
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellari liniyasini rivojlantirishning ikkinchi bosqichi doirasida yuqorida nomlari keltirilgan avtomobillarning kengaytirilgan komplektatsiyalar qatori uchun 25-may sanasidan boshlab shartnomalar tuzishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Chevrolet Tracker va Onix ning avvalgi komplektatsiyalariga qoʻshimcha yangi Premier Plus va Redline modifikatsiyalari uchun shartnoma tuzish mumkin. Shu bilan birga, shartnoma uchun ochiq boʻlgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi oʻzgarishsiz qoladi.
2023-yilning sentyabrida Premier Plus va Redline komplektatsiyalarini ishlab chiqarishga start berish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring