Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekistonning 12 ta hududida sezildi

09:35 10 Iyun 2024 Jamiyat
437 0

Illyustrativ foto

Bugun, 10-iyun kuni Tojikiston hududida 4,9 magnitudali zilzila boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Yer qimirlashi Toshkent vaqti bilan 08:14 da sodir boʻlgan. Zilzila koordinatalari: 37,81 gradus shimoliy kenglik, 68,13 gradus sharqiy uzunlik, magnitudasi esa 4,9.

Yer silkinishi 120 km chuqurlikda qayd etilgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 395 km janubiy-gʻarbda joylashgan.

Yer silkinishning Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:

Shoʻrchi tumanida 2 ball, 28 km.

Uzun tumanida 2 ball, 39 km.

Qumqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 49 km.

Oltinsoy tumanida 2 ball, 54 km.

Denov tumanida 2 ball, 63 km.

Jarqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 68 km.

Bandixon tumanida 2 ball, 69 km.

Qiziriq tumanida 2 ball, 81 km.

Termiz tumanida 2 ball, 83 km.

Boysun tumanida 2 ball, 90 km.

Angor tumanida 2 ball, 91 km.

Termiz shahrida 2 ball, 100 km.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?