Tojikiston prezidenti Oʻzbekiston bilan mudofaa boʻyicha kelishuvni parlamentga taqdim etdi

10:55 23 Dekabr 2021 Dunyo
2090 0

Foto: Sputnik

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekiston bilan mudofaa boʻyicha kelishuvlarni tasdiqlash uchun parlamentga taqdim etdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, hujjat havo hujumidan mudofaa sohasidagi hamkorlik, shuningdek, oʻzaro hamkorlik va harbiy razvedka maʼlumotlari almashinuviga bagʻishlangan.

Shartnoma, shuningdek, favqulodda vaziyatlar va fors-major holatlarida davlat aviatsiyasi tomonidan havo hududi va aerodromlardan ikki tomonlama foydalanishni nazarda tutadi.

Qayd etilishicha, hujjat Mirziyoyevning iyun oyida Tojikistonga tashrifi chogʻida ikki davlat prezidentlari tomonidan imzolangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?