Toshkentdan Ostonaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Uzbekistan airways« kompaniyasining HY721 Toshkent – Ostona yoʻnalishida parvoz qilgan A-320 samolyoti ortga qaytgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan kompaniya axborot berdi.
Qayd etilishicha, bunga yuk boʻlimi eshigining notoʻgʻri signalizatsiyasi ishga tushganligi sabab boʻlgan.
«Ekipaj balandlikka koʻtarilishni toʻxtatib, protseduralarga muvofiq joʻnab ketish aeroportiga qaytishga qaror qildi», deyiladi xabarda.
Aviakompaniya mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha barcha zarur ishlarni amalga oshirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring