Toshkentdagi toʻylarda karantin qoidalariga rioya qilish boʻyicha nazorat kuchaytiriladi
Koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini himoya qilishni yana-da kuchaytirish maqsadida Toshkent shahrida ommaviy-madaniy tadbirlar oʻtkazilishida karantin talablariga rioya etilishi boʻyicha nazorat kuchaytiriladi.
Bu haqda poytaxtda koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish boʻyicha Toshkent shahar shtabining yigʻilishida maʼlum qilindi.
Shtab yigʻilishida poytaxtimizda toʻy, maraka va marosimlarni oʻtkazishda ham Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan belgilangan tartib-qoidalar va karantin talablari, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etilishi boʻyicha nazoratni qatʼiylashtirish belgilandi.
Shuningdek, Toshkent shahar shtabi tomonidan:
sport musobaqalarini tomoshabinsiz oʻtkazish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi;
epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1-aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha toʻxtatib turish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring