Toshkentdagi koʻp qavatli uylardan birida yongʻin chiqdi

20:06 25 May 2025 Jamiyat
171 0

Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan koʻp qavatli uylardan birida yongʻin yuz berdi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 25-may kuni soat 18:10 da Uchtepa tumani “Vatan” MFY 26-dahada joylashgan koʻp qavatli uylarning biridagi xonadonda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:17 da yetib borib, soat 18:35 da yongʻinni toʻliq oʻchirgan.

Aniqlanishicha, voqea joyida koʻp qavatli uy xonadonlarining birida 20 kv.m maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер