Toshkentdagi koʻchalardan birida harakat 20 kunga cheklanadi

Illyustrativ foto
Toshkent shahridagi Sultoniya koʻchasida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulugʻbek tumanida yuqori kuchlanishli (10 kV) yer osti elektr uzatish kabel liniyalarini oʻtkazish ishlari boshlanmoqda. Mazkur loyiha isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashning ishonchliligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, 2025-yil 10-aprel soat 10:00 dan 30-aprel soat 17:00 gacha Sultoniya koʻchasining Buyuk Ipak yoʻli chorrahasidan to Sultoniya 5-tor koʻchasigacha boʻlgan qismida transport harakati qisman cheklanadi. Harakatlanish bir qatorda amalga oshiriladi.

“Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va yoʻnalishni oldindan rejalashtirishingizni tavsiya etamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 13-aprel kuni Toshkent shahrida yirik sport tadbirlari oʻtkazilishi sababli Yangi Oʻzbekiston koʻchasida hamda unga tutash koʻchalarda avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanishi xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring