Toshkentdagi 122 ta masjidda Qurbon hayiti namozi oʻqiladi

Joriy yilning 6-iyun kuni poytaxtdagi 122 ta masjidda hayit namozi oʻqilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Qayd etilishicha, hayit namozini yuqori saviyada va tartibli oʻtkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 6-iyun soat 00:00 dan 08:00 gacha poytaxtning quyidagi koʻchalari va yoʻllarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:
Mirzo Ulugʻbek tumani
- “Toʻra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi – Shoʻrtepa koʻchasidan, Buyuk Ipak yoʻli – Sultoniya koʻchasigacha.
Bektemir tumani
- “Xoʻton” masjidi oldidagi Bektemir shoh koʻchasi – Husayn Boyqaro koʻchasidan , Bektemir yoʻli koʻchasigacha.
Olmazor tumani
- “Islomobod” masjidi oldidagi KHAY koʻchasi, KHAY – Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan, Nurafshon – Sagʻbon koʻchalari chorrahasigacha.
- “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi, Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasigacha.
- “Doʻstjonboy” masjidi oldidagi Sagʻbon – Sagʻbon 12-tor koʻchalari kesishmasidan, Keles yoʻli – Noraztepa koʻchalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani
- “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Koʻkcha Darvoza – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan, Koʻkcha Darvoza – Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha.
- “Xoʻja Allambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon koʻchalari chorrahasidan, Kamolon – Ustazoda 2-tor koʻchalari chorrahasigacha.
- “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi, Nurafshon – Sebzor koʻchalari chorrahasidan, Nurafshon – Labzak koʻchalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani
- “Ubay ibn Kaʼb” masjidi oldidagi Al Xorazmiy koʻchasi, Al Xorazmiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan, Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
- “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi, Al Xorazmiy – Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan, Xonabod 2-berk koʻchasidan – Soʻgalli ota koʻchasigacha.
- “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqimiy koʻchalari kesishgan koʻprik ostidan, Oliy Majlis binosi qarshisigacha
Uchtepa tumani
- “Abdulloh ibn Masʼud” masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi, Lutfiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan, Lutfiy – Katta qani koʻchalari chorrahasigacha.
- “Hazrati Ali” masjidi oldidagi Nazarbek – Mahorat koʻchalari chorrahasidan, Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor koʻchalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani
- “Minor” masjidi oldidagi KHAY koʻchasi, KHAY – Koʻrgazma koʻchalari chorrahasidan, KHAY – Sh.Rashidov koʻchalari chorrahasigacha.
- “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasidan, Shivli koʻchasigacha.
Yakkasaroy tumani
- “Usmon bin Maʼzun” masjidi oldidagi KHAY koʻchasi, KHAY – Qushbegi chorrahasidan, KHAY – Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasigacha.
Sergeli tumani
- “Nurul Islom” masjidi oldidagi THAY – Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasidan, THAY – Qumariq koʻchalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani
- “Islom ota” masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi, Fargʻona yoʻli – Fitrat koʻchalari chorrahasidan, Fargʻona yoʻli – Tolimarjon koʻchalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani
- “Qoʻyliq ota” masjidi oldidagi THAY koʻchasi – Qoʻyliq bozori koʻprik ostidan, THAY – Munis koʻchalari chorrahasigacha cheklanadi.
Masjidlar joylashgan boshqa koʻchalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Eslatib oʻtamiz, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 6-iyun kuni Toshkent shahridagi jamoat transportlari yaʼni avtobus yoʻnalishlari va metropoliten soat 03:00 dan oʻz harakatini boshlaydi.
IIBB fuqarolardan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda, vaqtincha aylanma yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring