Toshkentda yana bir yoʻl oʻtkazgich va tunnel barpo etiladi (foto)
Foto: Screenshot / “Xalq so‘zi”
Toshkent shahrining Olmazor tumani hududidan oʻtuvchi Qorasaroy va Kichik halqa yoʻli kesishmasidagi chorraha rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ga hokimlikdagi manba maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, bu chorrahada aylana koʻrinishidagi yoʻl oʻtkazgich va tunnel barpo qilinadi. Tunnel Kichik halqa yoʻli boʻylab harakatlanayotgan avtomobillarning toʻgʻridan-toʻgʻri, svetoforsiz harakatlanishi uchun imkoniyat yaratsa, Qorasaroy koʻchasining har ikki tomoniga qarab harakatlanish uchun yoʻl oʻtkazgichga chiqish talab qilinadi.
Hozircha bu loyihaning qachon qurib bitkazilishi muddati maʼlum qilinmagan. Loyihaning moliyaviy qiymati haqida ham maʼlumotlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring