Toshkentda toʻrtta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Illyustrativ foto
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida 3 ta “Cobalt” va “Onix” ishtirokida toʻqnashuv yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 31-yanvar kuni soat 23:20 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Mustaqillik va Oqqoʻrgʻon koʻchalari kesishgan chorrahada 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻlgan.
- 1994-yilda tugʻilgan A.T. boshqaruvidagi “Cobalt”;
- 2001-yilda tugʻilgan Z.Sh. boshqaruvidagi “Cobalt”;
- 1979-yilda tugʻilgan K.B. boshqaruvidagi “Cobalt”;
- 2001-yilda tugʻilgan Sh.S. boshqaruvidagi “Onix” avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.
Hodisa oqibatida “Onix” haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring