Toshkentda “Tico” 3 yoshli bolani urib ketdi
Kollaj: “UzNews”
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 3 yoshli bolani mashina urib yubordi. Poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, YTH bugun, 8-iyul kuni soat 13:30 larda Shayxontohur tumani Koʻkcha Darvoza koʻchasida sodir boʻlgan. Haydovchi F.X. “Tico” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlni belgilanmagan joyidan yugurib kesib oʻtayotgan 2022-yilda tugʻilgan A.Sh.ni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring