Toshkentda “Spark” avtomobili yoʻlni notoʻgʻri joydan kesib oʻtayotgan piyodani urib yubordi

12:13 22 Noyabr 2021 Jamiyat
909 0

Toshkentda “Spark” piyodani urib yubordi. deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea 19-noyabr kuni soat 01:00larda poytaxtning Yangihayot tumanida sodir boʻlgan. “Spark” haydovchisi nomaʼlum joyda yoʻlni kesib oʻtayotgan erkakni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida jabrlanuvchi turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?