Toshkentda sodir boʻlgan YTH oqibatida piyoda vafot etdi
Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida inson oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 20-may kuni soat 21:00 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Yuzrobod koʻchasi 4-uy qarshisida 1989-yilda tugʻilgan (erkak) P.M. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoshi 35-40 atrofida rus millatiga mansub piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring