Toshkentda shaxmat boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati boshlandi
Musobaqaning umumiy sovrin jamgʻarmasi 3 000 AQSH dollarini tashkil etib, dastlabki ikki oʻrinni egallagan shaxmatchilar jahon kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishadi
Kecha poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida aql gimnastikasi boʻyicha FIDE 3,4 zonasi Markaziy Osiyo chempionatiga start berildi. Musobaqada Afgʻoniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston hamda mamlakatimizdan eng iqtidorli 34 nafar shaxmatchi gʻoliblik uchun dona surishmoqda.
Ishtirokchilar sonining bu qadar kamligiga pandemiya bilan bogʻliq holat oʻz taʼsirini koʻrsatmasdan qolmadi. Jumladan, turkmanistonlik shaxmatchilar mamlakat chegaralari yopiqligi sabab Toshkentdagi turnirda qatnasha olmayapti. Musobaqa gʻoliblari 15-may kuni maʼlum boʻladi.
Umumiy sovrin jamgʻarmasi 3 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada dastlabki ikki oʻrinni egallagan shaxmatchilar Jahon kubogida qatnashish huquqini qoʻlga kiritadi.
Eʼtiborlisi, kecha boʻlib oʻtgan 1-tur oʻyinlarida bironta ham durang qayd etilmadi. Bu esa musobaqa chindan-da shiddatli oʻtayotganidan darak beradi.
Musobaqada Vatanimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov, Bobir Sattorov, Ortiq Nigʻmatov, Humoyun Bekmurodov kabi iqtidorli shaxmatchilarimiz himoya qilishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring